Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasi o‘qituvchilarining Toshkent shahar Mirobod tumani Qorasuv mahalla fuqorolar yig‘iniga tashrifi.

29.12.2018, 11:12 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2308

2018 yil 26 dekabr kuni Toshkent shahar Mirobod tumani Qorasuv mahalla fuqorolar yig‘iniga Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasi mudiri V.R.Xaydarov va assistentlar SH.A.Mamasoliyeva, Z.A.Zuparova, N.S.Sadikova, D.T.Safarova, Sh.Sh.Xusenova, M.SH.Jaloliddinovalar tomonidan “Oila muqaddas qo‘rg‘on” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Uchrashuvda Qorasuv mahalla fuqorolar yig‘ini raisi K.T.Odilov, kotiba N.E.Shernazarova va mahalla faollari  bevosita ishtirok etdilar. Jami jalb qilinganlar soni 25 nafarni tashkil qildi. Ma’ruza davomida har qaysi millatning o‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning o‘rni va ta’siri beqiyosdir. Chunki  insonning eng sof va pokiza tuyg‘ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oilada shakllanadi. Bolalarning xarakterini, tabiati va  dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar  – yaxshilik  va  ezgulik,  olijanoblik  va  mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas  tushunchalarning poydevori  oila sharoitida  qaror topishi tabiiydir. SHuning uchun ham aynan oila muhitida paydo bo‘ladigan ota-onaga hurmat, ularning oldidagi umrbod qarzdorlik burchini chuqur anglash har qaysi insonga xos bo‘lgan odamiylik fazilatlari va oilaviy munosabatlarning negizini, oilaning ma’naviy olamini tashkil etishi haqida aytib o‘tildi.

     

               DVST kafedrasi mudiri, f.f.n., prof.                       V.R.Xaydarov