Sankt-Peterburg Davlat kimyo-farmatsevtika universiteti bilan Toshkent farmatsevtika instituti o‘rtasidagi distansion onlayn ma’ruza bo’lib o’tdi.

28.12.2018, 10:48 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2288

Halqaro hamkorlik shartnomasining  ijrosi  yuzasidan  2018 yil 27 dekabrda  Toshkent farmatsevtika institutida  ilk marotaba Sankt-Peterburg Davlat kimyo-farmatsevtika universitetining  Gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti, madaniyatshunoslik fanlari nomzodi Neronov Aleksandr Vladimirovich tomonidan “Pedagogika va psixologiya” fanidan “Psixologiya rukovodstva” mavzusida  “onlayn”  tizimda  ma’ruza  o‘tkazildi. Yanvar oyidan boshlab barcha kafedralar  tomonidan  ikki tomonlama distansion ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar, malaka oshirish kurslari, mahorat darslari reja asosida doimiy olib boriladi.