Toshkent farmasevtika institutining xurmatli ahil jamoasi!

27.12.2018, 16:11 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2580

Vaqt inson umri demakdir. Shunday ekan, har bir lahzamizni foydali ilm va savobli amallar bilan o‘tkazishimiz kerak. Yakuniga yetib borayotgan yilni kuzatar ekanmiz, yil davomida bosib o‘tgan yo‘limizni va ro‘y bergan voqealarni, qo‘lga kiritilgan yutuqlarni shukronalik bilan ko‘z o‘ngimizdan o‘tkazamiz. Shubhasiz, 2018-yil biz uchun samarali va xosiyatli yil bo‘ldi, deb ayta olamiz.

Ma’lumki 2018-yil mobaynida instituimiz xayotida ko‘plab o‘zgarishlar, yangilaklar amalga oshirildi. 2018-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobini qilar ekanmiz bunga misol tariqasida O‘zbekiston va Rossiya oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida hamkorlik masalalari yuzasidan o‘tkazilgan forumini olaylik. Forum jarayonida Sank-Peterburg Kimyo-farmasevtika universiteti bilan Toshkent farmasevtika instituti o‘rtasida ko‘plab memorandumlar imzolandi. Shuningdek Toshkent farmasevtika institutida Sankt-Peterburg davlat Kimyo farmasevtika universiteti bilan hamkorlikda fakultet tashkil etish hamda ushbu fakultet bitiruvchilariga ikkita diplom taqdim etilish yuzasidan kelishildi.Bundan tashqari yil davomi yana ko‘plab mamlakatlar bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi.Institutimizda talabalarning bilm saviyasini, dunyoqarashini yanada kengaytirish maqsadida juda ko‘plab tanlovlar tashkil etildi va g‘oliblar taqdirlandi. Iqtidorli, bilim darajasi yuqori bo‘lgan talabalar “Islom Karimov”, “Ibn Sino” davlat stependiyalari g‘olibligini qo‘lga kiritdilar. Shuningdek yil davomida turli mavzulardagi ma’naviy ma’rifiy tadbirlar, sahovat ishlari, innovatsion yarmarkalar va yana ko‘plab targ‘ibot- tashviqot ishlari amalga oshirildi. Bu albatta siz aziz ustoz va murabbiylar,institut xodimlari hamda talabalarimiz ko‘magida bajarildi. Demak bir so‘z bilan aytganda qilayotgan ishlarimiz urinishlarimiz zoya ketmadi.

Bugungi kunda mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, tibbiyot xodimlari mehnatini rag‘batlantirish, davolashning zamonaviy texnologiya va usullarini keng joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunga muhtaram Prezidentimizning “Sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biridir” degan so‘zlarini misol qilishimiz mumkin. Shunday ekan hurmatli institutimizning barcha xodimlari, talabalari sizlardan umidimiz katta.

Sanoqli kunlardan so‘ng Yangi yil bayrami yurtimizda o‘zgacha shukuh, ko‘tarinki ruh ila kirib keladi. Fursatdan foydalanib, barchangizni kirib kelayotgan yangi 2019-yil bilan muborakbod etaman.

Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy quvonch, totuvlik va xamisha OLLOXning nazarida bo‘lishingizni tilayman. Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lidagi sharafli faoliyatlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar hamroh bo‘lsin.

Yangi yil barchamizga qutlug‘ bo‘lsin azizlar!

Xurmat bilan, Toshkent farmasevtika instituti

rektori, professor I.I.Alimdjanov