Birinchi tibbiy yordam fanidan “Desmurgiya” mavzusidagi ochiq amaliy mashg‘ulot o’tkazildi.

27.12.2018, 15:59 Institut yangiliklari, Yangiliklar 3414

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909 sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida” gi, 2018-yil 14-fevral PQ-3532 sonli “Farmasevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2017-yil 5-maydagi PQ 2956-sonli “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy ta’limni yanada isloh qilish” chora tadbirlari to‘g‘risidagi”, 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3151-sonli “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora–tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarini ijrosini ta’minlash yuzasidan Toshkent farmasevtika instituti farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi katta o‘qituvchisi Sultanova Ra’no Xakimovna tomonidan farmatsiya yo‘nalishi 509A-guruhga “Desmurgiya” mavzusi bo’yicha 2018-yil 24-dekabr kuni soat 10.00 da 2-bino 51-xonada mavzusidagi ochiq amaliy mashg‘ulot o’tkazildi.

Mashg’ulot davomida innovatsion pedagogik texnologiyalardan “SWOT”, “Aqliy hujum” kabi usullardan foydalanildi. Shuningdek bog‘lam turlari bo‘yicha talabalarga bog‘lam qo‘yish texnologiyasi tushuntirib berildi. Barcha talabalar dars davomida bog‘lam qo‘yishlarni o‘rganishdi.