Dunyo va tabiat mo‘jizalari bilan xorijiy til orqali tanishamiz.

27.12.2018, 12:12 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2247

Til bilgan xakka Makkani ham topib boradi deydi dono xalqimiz. Bu bejiz emas. Zero, dunyo mo‘jizalari bilan tanishish imkoniyati o‘qib turgan joyimizda turib yaratilayotgani XXI asrda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va xorijiy tillar imkoniyati desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Xuddi shu imkoniyatdan “Xorijiy til” darslarida talabalarimiz foydalanayotganliklari quvonarli hol. Siz Avstriyadagi g‘aroyib ko‘l, Ispaniyadagi tosh qal’a, Italiyadagi kristal g‘or, Xitoydagi suv tubidagi shahar, Meksikadagi suv ostidagi muzey, AQSHdagi kan’onlar va geyzerlar haqida eshitgan va ularni ko‘rganmisiz? Ko‘rmagan bo‘lsangiz biz sizni Tillar kafedrasi o‘qituvchisi G.Musayeva talabalari tayyorlab kelgan taqdimotlar bilan tanishishni tavsiya etamiz. Farmatsiya fakulteti 1-kurs 108A –guruh talabalari taqdim etgan ma’lumotlar bilan tanishishni istasangiz sizni Tillar kafedrasiga taklif etamiz.