“Innovatsion g`oyalar, tehnologiyalar va loyihalar” yarmarkasi o‘tkazildi.

27.12.2018, 12:00 E'lonlar 2472

Institut rektorining 2018-yil 18-dekabrdagi 951-sonli buyrug‘iga asosan ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi tomonidan institutda 2018-yil 24-dekabr kuni “Innovatsion g`oyalar, tehnologiyalar va loyihalar” yarmarkasi o‘tkazildi. Yarmarka doirasida institutning professor-o‘qituvchilari va talabalari 50 dan ortiq ishlanmalar bilan qatnashishdi.

Institut professor-o`qituvchilari va talabalari tomonidan yarmarkada taqdim etilgan ishlanmalar institutda tashkil etilgan ekspert guruh tomonidan belgilangan talablar, shartlar asosida baholandi.

     

Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish

bo‘limi boshlig‘i K.N.Nuridullayeva