“El-yurt umidi” jamg‘armasi Stipendiatlari Sankt-Peterburg Davlat kimyo-farmatsevtika universitetida malaka oshirmoqdalar.

26.12.2018, 09:28 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2087

Ma’lumki, davlatimiz rahbarining joriy yil 25 sentyabrdagi farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “E’l-yurt umidi” jamg‘armasi tashkil e’tilgan e’di. Avval ma’lum qilinganidek, Toshkent farmatsevtika institutining 4 nafar professor-o‘qituvchilari M.B.Mavlyanova, M.Fatxullaeva, N.T.Farmanova va N.E.Mamatmusaevalar Sankt-Peterburg Davlat kimyo-farmasevtika universitetida malaka oshirmoqdalar. Shu kunga qadar stipendiatlar universitetning professor-o‘qituvchilarning ilmiy faoliyatining yo‘nalishlari bilan tanishdilar, kafedralarning tajribali o‘qituvchilarining ma’ruzalari va laboratoriya mashg‘ulotlarida ishtirok etdilar, jumladan fanlarni o‘qitishdagi zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llanilishi, o‘quv-uslubiy ta’minoti, kutubxonada mavjud sohaga adabiyotlar bilan tanishdilar. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasidagi dori vositalarini sifatini zamonaviy tahlil qilish usullarini va farmasevtik oliy ta’lim tizimini o‘rgandilar.

     

Farmasevtik kimyo kafedrasining o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlari bilan tanishuv

      

Farmasevtik kimyo fanidan 3 kurs talabalariga o‘tkazilgan “Aromatik va alifatik guruh dori vositalarini sifatini tahlili ” mavzusidagi laboratoriya mashg‘ulotida ishtirok etildi.

     

Dori vositalarini sanoat texnologiyasi kafedrasi mudiri professor I.Ye.Kauxova  va farmakognoziya kafedrasi mudiri  V.G.Lujanin bilan uchrashuv.

     

Dori vositalarini sanoat texnologiyasi kafedrasining o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlari bilan tanishuv.

     

     

Analitik kimyo kafedrasining o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlari bilan tanishuv.