Toshkent farmatsevtika institutida “Innovatsion g`oyalar, tehnologiyalar va loyihalar” yarmarkasi tashkil etildi.

25.12.2018, 16:53 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2543

2018-yil 24-dekabr kuni Toshkent farmatsevtika institutida Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi tomonidan “Innovatsion g`oyalar, tehnologiyalar va loyihalar” yarmarkasi tashkil etildi. Mazkur yarmarkada institut kafedralari ilmiy loyihalari hamda dori vositalari bilan ishtirok etdilar.

FITQ kafedrasida olib borilgan ilmiy tadqiqotlarining mahsuli sifatida turli hil marketing izlanishlar, farmoko-iqtisodiy tahlil natijalarini taqdim etgan holda o‘ziga hos patent taqdim etishdi. Patent raqami №DGU05244 bo‘lib uni patent Ilosov Sh.T, Umarova Sh.Z, M.A Qadirovlar qo‘lga kiritdilar.

     

     

Kanadaning Toronto shahri Antario onkologik qo‘mitasining farmoko-iqtisodiy guruhining yetakchi S.Ch.Jalilov 5 hil yo‘nalish onkologiya, gipotologiya, endokrenologiya, virusalogiya, oftalmologiya yo‘nalishlari bo‘yicha tuzilgan shartnoma asosida tanlangan dorilarning ishlatilshini farmako-iqtisodiy tomondan eng maqbullarini tanlash rejalashtirildi.

Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasi esa 34 xildagi dori vositalari bilan qatnashdilar. Ulardan barchasi orginal dori vositalari bo‘lib, ular vaqtinchalik farmokopeya maqola, intellektual mulk agentligiga ixtiro uchun patentga topshirilgan. Masalan Garlspin, Melifloks, Artishop, Na’matak quruq ekstrakti uchun VFM .

     

     

DTT kafedrasi tomonidan innovatsion yarmarkada 38 xildagi dori vositalari namoyish etildi. Mazkur dori turlariga vaqtinchalik farmokopeya maqolalari tuzilgan, patentlar olingan va klinik sinovdan o‘tish uchun ruxsat berilgan. (Patent raqami № IAP05581)

Biotexnologiya kafedrasi xodimlari “Yashil sintez usulida kumush nanozarrachalarini va shu asosda dori shaklini olish texnologiyasi” nomli loyiha bilan ishtirok etdilar.

Shuningdek yarmarkada Tibbiy va biologik kafedrasi hamda boshqa kafedra xodimlari ham ishtirok etdilar.

Mazkur yarmarka institut jamoasidan tashkil topgan ekspert guruhi tomonidan baholanib borildi.

     

     

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova