Toshkent farmatsevtika institutida “Yangi yil” bayrami munosabati bilan talaba-yoshlar ishtirokida  tadbir bo‘lib o‘tdi.

25.12.2018, 09:15 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2247

2018 yil 22 dekabr kuni soat 15-00 da Toshkent farmatsevtika institutining katta faollar zalida Yangi yil bayrami munosabati bilan Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar ishtirokida  tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir institut tarbiyachi-pedagogi N.E.Yusupova, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limig‘i N.X.Ashurova va Yoshlar ittifoqi B.T yetakchisi F.Nomozovlar tashabbusi bilan tashkil etildi. Yig‘ilishni sanoat farmatsiya fakulteti dekani X.Sh.Ilxomov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Dastur davomida talabalar  hamda institut QVZ ishtirokchilari tomonidan turli xil chiqishlar namoyish etildi.

Talabalar turar joyida o‘tkazilgan “Eng bilimdon talaba”, “Eng faol talaba”, “Eng yaxshi rassom” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar, shuningdek  “Zakovat ligasi” bilimdonlar tanlovining final bosqichi g‘oliblari  ham institut rahbariyati tomonidan sovg‘alar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.