Toshkent farmatsevtika instituti “33-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabiga” tashrifi.

24.12.2018, 13:18 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2293

Mamlakatimizda nogiron va imkoniyati cheklangan bolalarning ta’lim olishi uchun yetarli imkoniyat yaratish davlatimizning doimiy diqqat-e’tiborida bo‘lib kelmoqda. Kam ta’minlangan, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oila farzandlariga xalqimiz orasida milliy qadriyatlarimizga hos bo‘lgan o‘zaro mehr-oqibat, xamjixatlikni kuchaytirish, ijtimoiy hamkorlik, beg‘araz yordam va mehr muruvvat kabi e’zgu fazilatlarni yuksaltirish, moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish borasida keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz tomonidan chiqarilayotgan Farmon va qarorlarning ta’minlash maqsadida maktablarda ta’lim-tarbiya olayotgan o‘quvchilarga barkamol avlodni ilm olishi, tarbiyasi shu bilan bir qatorda zukko bo‘lib voyaga yetishi maqsadida yurtimizda olib borilayotgan ko‘plab sahovatli ishlarni ko‘rshimiz mumkin.

2018-yil 22-dekabr kuni Toshkent farmatsevtika institutining FITQ kafedrasi jamoasi hamda talabalar bilan birgalikda Tosheknt shahar Sergili tumani “33-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan yordamchi maktabga” tashrif buyurdilar. Tashrif jarayonida institutimiz jamoasi tarbiyalanuvchi bolajonlarga kirib kelayotgan Yangi yil bayramiga bag‘ishlangan tadbir tashkil qilindi hamda bolajonlarga sovg‘alar taqdim etdilar.

Shuningdek 33-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab direktori A.S.Muqimova tomonidan Toshkent farmatsevtika instituti rektori I.I.Alimdjanovga Tashakkurnoma taqdim etildi.

Lablaring shivirlar, izlamoqdalar

Balki bir erkalash bir ona bo‘sa,

Ulug‘ oilaning go‘dak farzandi,

Bilib qo‘y endi:

Sen tezda ulg‘ayib olam kezasan.

Sen yetim emassan mening jigarim.

     

     

      

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova