Dori turlari texnologiyasi kafedrasi va Olmazor tibbiyot kolleji bilan hamkorlik ishlari davom ettirilmoqda.

18.12.2018, 10:35 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2091

Olmazor tibbiyot kollejining Toshkent farmatsevtika instituti bilan o‘zaro hamkorlik faoliyati reja asosida olib borilmoqda. 2018-yil 17-dekabr kuni institutning Dori turlari texnologiyasi kafedrasi assistenti M.A.Tashmuxamedova Olmazor tibbiyot kollejining “Farmatsiya” yo‘nalishi 1-kurs 111-guruh o‘quvchilariga “Poroshoklar. Qiyin maydalanuvchi, bo‘yovchi, to‘zg‘uvchi moddalardan poroshoklar tayyorlash texnologiyasi” va katta o‘qituvchi N.X.Aripova Olmazor tibbiyot kollejining 1-kurs 110-guruh o‘quvchilariga “Kuchli ta’sir qiluvchi va zaharli moddalardan poroshoklar tayyorlash texnologiyasi” mavzularida laboratoriya mashg‘uloti o‘tkazishdi va unda mavzuga oid ko‘rgazmali materiallar, videorolik namoyish qilindi.