Toshkent farmatsevtika instituti Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasi o‘qituvchilarining Toshkent shaxri, Yunusobod tumani, 86-sonli maktabiga tashrifi.

21.12.2018, 17:43 Institut yangiliklari, Yangiliklar 3066

2018 yil 20 dekabr kuni Toshkent farmatsevtika instituti Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasining katta o‘qituvchilari S.T.Sharipova, dotsent vazifasini bajaruvchi O.R.Raximova, Z.X.Abdijalilova, G.R.Raximova va assistent N.S.Sadikovalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriligining 2018 yil 29 martdagi 30-q-q-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 18-sonli qo‘shma qarorida keltirilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 86-sonli maktabning o‘quvchilari va ularning ota-onalari  bilan “Konstitutsiya-baxtimiz qomusi” mavzusida uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuvda Toshkent shaxri, Yunusobod tumani, 86-sonli maktabning direktori F.R.Tursumetova, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari L.G.Tursunova, O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari R.O.Babaxanova bevosita ishtirok etdilar. Tadbir jarayonida institut prfessor-o‘qituvchilari tomonidan mavzu yuzasidan ma’ruzalar qilindi. Shuningdek G.R.Raximova ma’ruzasi davomida prezidentimiz Sh.Mirziyoevning 2019 yilni Tibbiyotni rivojlantirish yili” deb e’lon  qilishi va o‘z nutqida “Xalq tibbiyot sohasiga qanchalik ishonsa, davlatga ham shunchalik ishonadi. Xalq ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlardan rozi bo‘lsa — davlatdan, bugungi yuritilayotgan siyosatdan ham rozi bo‘ladi” degan so‘zlari tibbiiyot sohasining qanchalik ahamiyatga ega ekanligin ifodalaydi. Shuningdek tadbir yakunida maktab o‘quvchilari va ota-onalariga Toshkent farmasevtika instituti va uning faoliyati, bo‘limlari va fakultetlari xaqida videorolik taqdim etilib, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi va ularning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda asosli maslaxatlar berildi. Jami jalb qilingan o‘quvchilar soni 40 nafarni, ota-onalar soni 25 nafarni  tashkil qildi.

     

     

 

Institut matbuot kotibi  N.L.Usmanova