“Yoshlar o‘rtasida hayr – sahovat”, “Hayriya ishlarning bardovomiyyligi” Toshkent farmatsevtika institutining Mehribonlik uyiga tashrifi.

21.12.2018, 17:16 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2267

2018 yil dekabr oyi davomida Toshkent farmatsevika institutining  Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N.X.Ashurova, tarbiyachi-pedagog N.E.Yusupova, Yoshlar ittifoqi institut BT yetakchisi F.Sh.Nomozov, Tillar kafedrasi katta o‘qituvchilari D.Q.Xudoyqulova, Sh.Matyusupova, A.Raxmonova hamda farmatsiya fakulteti 4 kurs 410-A guruh talabalari, murabbiysi N.M.Rizaeva hamda  talabalar turar joyida yashovchi talabalar ishtirokida  Toshkent shahar Yashnobod tumanida joylashgan 30-sonli “Mehribonlik uyiga, Toshkent shahri  Sergeli tumanida joylashgan 33-sonli “Mehribonlik uyi”ga tashrif amalga oshirildi. 30-sonli “Mehribonlik uyi”ga tashrif jarayonida tarbiyalanuvchi o‘quvchilar o‘rtasida “Yoshlar o‘rtasida hayr – sahovat, insonparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir jarayonida talabalar tomonidan kuy-qo‘shiqlar aytildi va o‘quvchilarga sovg‘alar, o‘quv qurollari taqdim etildi. Tadbir barcha o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi. Toshkent shahar Yashnobod tumanida joylashgan 30-sonli “Mehribonlik uyi” rahbariyati 01-1/4-199-sonli xat asosida institut rektoriga hamda ishtirokchilarga tashakkurnoma taqdim etishdi.

33-sonli “Mehribonlik uyi”ga  tashrif jarayonida u yerda tarbiyalanuvchi o‘quvchilar o‘rtasida ham “Xayriya ishlarning bardovomiyyligi”, “Saxovatpeshalik – o‘zbek xalqiga xos fazilatdir” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil qilinib unda ham talabalar tomonidan kuy-qo‘shiqlar aytildi va o‘quvchilarga sovg‘alar taqdim e’tildi.

     

     

     

     

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova