“Yoshlar o’rtasida giyoxvand vositalarining tarqalishiga qarshi kurash” va “Giyoxvandlik-asr vabosi, undan yoshlarimizni asraylik!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil e’tildi.

19.12.2018, 16:35 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2418

Insoniyat taraqqiyotning yangi-yangi cho‘qqilarini zabt e’tmoqda. Biroq jahonda xalqlar, millatlar kelajagiga tahdid tug‘diruvchi bir qancha omillar hamon saqlanib qolmoqda. Ana shunday xatarlardan biri giyohvandlik balosidir. Global muammoga aylangan ushbu illatga qarshi kurashishda davlatlararo hamkorlik muhim ahamiyat kasb e’tadi.  Mamlakatimiz huquqni muhofaza qilish organlari transmilliy narkoguruhlarni fosh e’tish va faoliyatiga chek qo‘yish, kontrabanda ka­nallarini aniqlash, giyoh­vandlik e’kinlarini yo‘q qi­lish bo‘yicha maxsus operatsiya­lar, yoshlar o‘rtasida, OTMlarda targ‘ibot va tashviqot ishlari, ko‘plab tadbirlar tashkil e’tilib kelinmoqda. Jumladan 2018 yil 19 dekabr kuni soat 10.00 da Toshkent farmatsevtika institutining katta faollar zalida   “Yoshlar o’rtasida giyoxvand vositalarining tarqalishiga qarshi kurash” va “Giyoxvandlik-asr vabosi, undan yoshlarimizni asraylik!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil e’tildi.

Institut O‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor  O.I.Xudoyberdiev so‘zga chiqib kun tartibiga qo‘yilgan masalalar bilan tanishtirib, o‘tkazilayotgan tadbirning mazmun-mohiyati xususida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbirda  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi bo‘lim boshlig‘i Sh.B.G‘ulomov ishtirok e’tdi. U  o‘z ma’ruzasida giyovandlik ancha ommalashib borayotgan bir paytda bizning yurtimiz yoshlari bu illatdan har tomonlama ximolangani, ayniqsa bu “Asr vabosi” deb atalmish muammoni oldini olish va uning yechimini topish choralari dasturlari kun sayin rivojlanib borayotgani to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdi.

Toshkent shaxar IIBB jinoyat qidruv boshqarmasi hodimi podpolkovnik Sh.S.Otamurodov o‘z ma’ruzasida  Giyohvandlik 20 asr boshlarida yanada ommalashib, dunyo hamjamiyatini tobora o‘yga solmoqda. Hozirgi kunga qadar bu ofatga qarshi kurashish va ularning salbiy oqibatlarini aholiga xususan yoshlarga to‘g‘ri targ‘ib e’tish, uning salbiy oqibatlari haqida targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish talab e’tilishini ta’kidladi.

Giyohvandlik — u tasodifiy yoki biror holat e’masligi, uni yo‘qotish uchun, avvalo uning kelib chiqish  sabablarini bilish kerakligi so‘ng uni oqibatlarini ob’ektiv — holisona hal qilgandagina oldini olish va unga qarshi kurashish ishlarni olib borish mumkinligi, ushbu o‘ta noto‘g‘ri yo‘lga qadam qo‘ygan shaxs o‘zining odamlik qiyofasini yo‘qotishi, o‘zining olijanob insoniylik obro‘-e’tiboridan mahrum bo‘lishi, kasbidan ayrilishi aytilib, nima ish qilishiga hatto aqli ham yetmay qolishi va oxir oqibat ishsizlikka duchor bo‘lib, jinoiy ishlarga qo‘l urishi, o‘g‘irlik qilishi, o‘ziga ham, boshqalarga ham baxtsizlik keltirib chiqarishi va eng og‘iri ham ruxan, ham jismonan, odamlik qiyofasini yo‘qotib, tansixatligini qayta o‘z joyiga tushmasligi aytdi.

Toshkent shaxar IIBB jinoyat qidruv boshqarmasi hodimi podpolkovnik I.T.Bobamuradov “Yoshlar orasida giyoxvand vositalarining tarqalishiga qarshi kurash” mavzusida ma’ruza o‘qidi.

Mazkur tadbirda jami 200 nafar talaba ishtiroki ta’minlandi.

     

     

 

Institut matbuot kotibi   N.L.Usmanova