2017-2021 yillarga mo‘ljallangan “Harakatlar strategiyasi” ga bag‘ishlangan OTM matbuot kotiblari  va OAV xodimlari uchun anjuman tashkil e’tildi.

19.12.2018, 15:19 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2747

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  7 fevral kungi farmoniga ko‘ra  2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi” tasdiqlandi.

“Harakatlar strategiyasi” besh bosqichda amalga oshirilib, ularning har biri bo‘yicha yil  nomlanishidan kelib chiqqan holda alohida bir yillik  davlat dasturini tasdiqlashni nazarda tutadi. Mazkur “Harakatlar strategiyasi” dasturiga asoslangan holda 2018 yilning 18 dekabr kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazida Davlat dasturi ijrosiga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi. Mazkur anjumanda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rahbar xodimlaridan ma’naviy ahloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig‘i O.X.Bazarov, kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalarini tashkiliy-metodik ta’minlash bosh boshqarmasi boshlig‘i A.J.Xoliqov,axborot xizmati bo‘limi boshlig‘i F.Babashev, boshqarma boshliqlaridan B.B.Qodirov, B.M.Ismailov,A.I.Abdullaev,K.N.G‘afurov, M.S.Hamraev, barcha OTM matbuot kotiblari, OAV muhbirlari hamda iqtidorli talabalar ishtirok  etdilar. Anjumanda ta’lim yo‘nalishlari, xorijiy OO‘MTVlar bilan hamkorlik, № 3775- sonli Prezident qarorining ijrosi,yakuniy davlat attestatsiyasi, kelgusi o‘quv yilidagi mutaxassislik fanlaridn davlat imtihonlari hamda yana ko‘plab masalalar yuzasidan ma’lumotlar berildi. Shuningdek konferensiya davomida tashrif buyurgan qatnashchilar  o‘zlarini qiziqtirgan savollari  bilan murojaat qilib tegishli  javoblarni  oldilar.

Konferensiya yakunida barcha OTM talabalari uchun qishgi ta’til 2018 yil 28 dekabrdan  2019 yil 10 yanvarga qadar davom eitshi e’lon qilindi.

 

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova