“Kasbga yo‘naltirish” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

18.12.2018, 16:11 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2196

2018yil 15-dekabr kuni soat 1100da institut katta faollar zalida Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi professor-o‘qituvchilari va Zangiota tibbiyot kolleji o‘qituvchi va talabalari o‘rtasida “Kasbga yo‘naltirish mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Zangiota tibbiyot kolleji o‘qituvchilari ishtirok etdi. Tadbirni Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi mudiri Jalilov Fazliddin Sodiqovich kirish so‘zi bilan ochib berdi va o‘tkazilayotgan tadbirning mazmun-mohiyati haqida to‘xtalib o‘tildi. Ma’ruzadan so‘ng kollej o‘quvchilari o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar Shundan so‘ng institut talabalari xam institut tarixi va uning qachon tashkil qilinganligi xaqida ma’lumot berdilar. Tadbirda Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi professor-o‘qituvchilaridan kafedra mudiri F.S.Jalilov, dotsentlar I.M.Iminova, D.T.Gaibnazarova, G.R.Zokirova va M.K.Madaminovalar metrologiya talabalari ishtirok etdilar.

     

     

Dori vositalarini standartlashtirish va

sifat menejmenti kafedrasi