Koreya Respublikasidagi «2018 Asian Network Symposium on Drug Discovery and Development» simpozimiga tashrif.

17.12.2018, 10:40 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2539

Koreya Respublikasiga tashrif Chunbuk milliy universiteti taklifiga asosan, Toshkent farmatsevtika instituti Rektorining 2018-yil 10-oktyabrdagi 37-sonli buyrug‘iga binoan joriy yilning 4-9 dekabr kunlari Toshkent farmatsevtika instituti Noorganik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi mudiri f.f.d. A.T.Sharipovning tashrifi amalga oshirildi.

2018-yil 5-dekabr kuni Inchexon aeroportida Chungbuk universiteti Farmatsiya kolleji professori Yo.M.Lee boshchiligidagi guruh tomonidan kutib olindi va Seul shahriga ekskursiya tashkil etildi.

     

Joriy yilning 6-dekabr kuni Chungbuk milliy universiteti Farmatsiya kollejida o‘tkazilgan «2018 Asian Network Symposium on Drug Discovery and Development» simpozimi ochilish marosimida ishtirok etdi. Toshkent farmatsevtika instituti tomonidan yuborilgan, hozirda Chungbuk universiteti doktoranturasida tahsil olayotgan Shamsiddinova Maftuna, Narzullaeva Hilola va Nasriddinov Sunnatlar bilan davra suhbati o‘tkazdi. Dastlab, O‘zbekistonda Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev tomonidan oliy ta’limni isloh qilish va yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi. So‘ngra Toshfarmidagi olib borilayotgan islohotlar haqida gaplashildi. Suhbat davomida ularni olib borayotgan dissertatsiya tadqiqot ishlarining borishi, muammolar va kutilayotgan natijalariga bag‘ishlandi. Ular Respublikamizda yurtboshimiz tomonidan olib borayotgan odilona siyosatdan xursand ekanligini ochiq-oydin gapirishdi va kelajakda O‘zbekistonga qaytib, farmatsevtika sohasi rivojiga o‘z hissasini qo‘shishlarini ta’kidlashdi.

Tashrifning uchinchi kuni «2018 Asian Network Symposium on Drug Discovery and Development» simpozimi o‘z ishini boshladi. Katta zalda Osiyo mamlakatlari delegatsiyalari ichidan birinchi so‘z Sharipov Avezga berildi. U Toshkent farmatsevtika institutiga bunday imkoniyat yaratib berganliklari uchun Koreyalik hamkorlarimizga minnatdorlik izhor qilgan holda o‘z ma’ruzasini boshladi.

Ma’ruza 25 daqiqa davom etdi. So‘ngra savol-javoblar bilan yakunlandi.

So‘ngra navbatma-navbat ishtirokchilar o‘z ma’ruzalari bilan chiqishlar qilishdi.

     

8-dekabr Chunbuk milliy universiteti tashkilotchilari ularni o‘z laboratoriyalariga ekursiya qildirishdi. Umuman olganda har qavatda kamida 4 ta to‘liq jihozlangan laboratoriya bor ekan. Professor Yo.M.Lee laboratoriyasi zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan laboratoriya (yangi rusumdagi Amerika qo‘shma shtatlarida ishlab chiqarilgan Yuqori samarali suyuqlik xromatografiya, Gaz xromatomass-spektrometriya, YUSSX-mass-spektrometriya va b.)da bizning sobiq talabalar Maftuna va Hilola ishlayotgan edi.

Shunday qilib, Koreya Respublikasiga qilingan tashrif nihoyasiga yetdi.Kelajakda Sharipov Avez faoliyatiga omad tilab qolamiz.

Xalqaro aloqalar bo’limi