“Biz xuquq va burchlarimizni bilamizmi”

15.12.2018, 16:48 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2500

     

     

Fuqarolarning munosib hayot kechirishlarini, tinch totuvligini ta’minlashni asosiy maqsadlardan biri deb e’lon qilgan Konstitutsiyamiz bosib o‘tgan davriga nazar tashlaydigan bo‘lsak, shu qisqa vaqt mobaynida mamlakatimizda asrlarga tatigulik ishlar amalga oshirilganligiga guvoh bo‘lamiz. Shuningdek Konstitutsiyamizda shaxs, jamiyat va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, madaniy-ma’rifiy, umuman barcha sohadagi asoslari mustahkamlab qo‘yilgan.

     

2018-yil ​14-dekabr kuni soat 12.00 da Toshkent farmatsevtika institutining katta faollar zalida O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasining 26 yilligiga bag‘ishlab intitutning ijtimoiy fanlar kafedrasi “Biz xuquq va burchlarimizni bilamizmi” mavzsida ma’naviy ma’rifiy tadbir tashkil etdi. Ushbu tadbir tanlov shaklida o‘tkazildi. Tanlovda 2-kurs 207-208 rus guruh talabalari o‘zaro bellashdilar. Bellashuvni ijtimoiy fanlar kafedrasining mudiri K.Ismailov kirish so‘zi bilan ochib berdi hamda tanlangan xay’at a’zolari baholab bordilar. Ushbu tadbir 5 shartdan iborat bo‘lili. Tadbirda sanoat farmatsiya fakultetining ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini A.Rajabov, institut yuristi G.Abduraxmonova, xotin-qizlar qo‘mitasining raisi B.Boltayeva, ijtimoiy fanlar kafedrasining xuquqshunos o’qituvchisi M.Abduvaliyeva, yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining institut vakili F.Namozov, ijtimoiy fanlar kafedrasining katta o‘qituvchisi L.Yuldasheva, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda ijtimoiy fanlfr kafedrasining professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

     

     

Bellashuv g‘oliblariga kasaba uyushmasi raisi, ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri K.Ismailov tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova