Qo‘shni Davlat Oliy ta’lim muassasi talabalarining Axborot resurs markaziga tashrifi.

15.12.2018, 16:39 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2233

Mamlakatimizda oliy ta’lim sifat va samaradorligini oshirishda xorijiy davlatlar tajribasidan oqilona foydalanish, chet el mamlakatlari bilan izchil hamkorlikni o‘rnatishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugun ham 2018-yil 14-dekabr kuni Toshkent Farmasevtika instituti AR markaziga Qozog‘iston Respublikasi Tibbiyot Akademiyasi magistratura yo‘nalishi bitiruvchilaridan bir guruh talabalar tashrif buyurishdi. ARM xodimlari mehmonlarni ochiq yuz bilan kutib olishdi. Mehmonlar Axborot-resurs markazida mavjud o‘quv adabiyotlar, mutaxassislikka oid darslik va o‘quv qo‘llanmalar bilan qiziqishdi. ARM xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i B.Sotivoldiyeva kutubxona tartib-qoidalari, mavjud fondlar haqida so‘zlab berdi. ARMga tegishli elektron shakldagi o‘quv-adabiyotlaridan yuklab berildi. Oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligining ta’lim portali bo‘lmish “ZiyoNet” sahifasi haqida ma’lumot berdi va ushbu saytdan foydalanish orqali institut professor-o‘qituvchilari tomonidan yozilgan ilmiy maqolalar bilan tanishishdi. Jarayon mehmon talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi va buning amaliy natijasi sifatida o‘zlari ham ushbu saytga kirib o‘zlarini qiziqtirgan  ilmiy ma’lumotlar bilan tanishishdilar. Mehmonlar “ZiyoNet” ta’lim partalidan o‘z yurtlarida ham bevosita foydalana olishlari uchun saytga kirish ma’lumotlari taqdim etildi. Mehmon talabalar katta ta’surotlar bilan o‘z yurtlariga qaytishadi degan umiddamiz.