Bitiruvchi talabalarni bandlikka jalb etish

13.12.2018, 16:25 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2361

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-3001-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnat organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi 5-bandining ijrosini ta’minlash, shuningdek, yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholini ish bilan ta’minlashda faol ishtirok etayotgan ish beruvchilarni ijtimoiy rag‘batlantirishning samarali mexanizmlarini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarori ham ishlab chiqilgan.Bugungi kunda ko‘plab tashkilot vakillari yoshlarni ish bilan ta’minlash maqsadida Oliy ta’lim muassasalariga tashrif buyurib talabalar bilan suhbatlar tashkil etib kelmoqda. Jumladan 2018-yil 13-dekabr kuni soat 11.00 da Toshkent farmasevtika institutining katta faollar zalida yoshlarni bandlikka jalb etish maqsadida uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuvga MChJ “Jo‘rabek labaratoriyasi” QK korxonasining hodimlar boshqaruv bo‘limi boshlig‘i Ye.Vasilovna tashrif buyurdi. Yig‘ilishda sanoat farmatsiya fakulteti dekani X.Sh.Ilxomov, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini A.Rajabov, DVS va SM kafedrasi mudiri F.S.Jalilov va kafedra dotsenti I.M.Iminova, DVS kafedrasi mudiri V.Xaydarovlar ishtirok etdilar.

Uchrashuvda sanoat farmatsiya fakultetining 3-4 kurs talabalari qatnashdilar hamda ularga mutaxassis tomonidan ma’lumotlar berildi va talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Jami 200 nafar talabalar ishtiroki ta’minlandi.

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova