Toshkent farmatsevtika institutining Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi bilan hamkorlik ishlari davom etmoqda.

12.12.2018, 15:39 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2755

Ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida tuzilgan hamkorlik memorandumiga asosan Toshkent farmatsevtika institutiga JQTA rektorining rasmiy xati asosida 2018-yil 7-dekabrdan 17-dekabrgacha ilmiy stajirovka o‘tash maqsadida Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasining 2-kurs 6M110400 – «Farmatsiya» yo‘nalishida tahsil oluvchi 9 nafar magistrlari akademik almashinuvi dasturi bo‘yicha tashrif buyurdilar.

Ular quyidagi 4 ta modullar bo‘yicha o‘z malakalarini oshirmoqdalar: Farmatsevtika ishini tashkil qilish va boshqarish, Farmakognoziya, Dorilar texnologiyasi, Farmatsevtik va toksikologik kimyo

     

     

Ular ilmiy va amaliy bilimlar olish bilan birga amaliyot jarayonlarida ham ishtirok etdilar. Bugun xorijlik magistratura talabalari “JURABEK LABORATORIES” MCHJ QK da tanishuv amaliyotida bo‘ldilar.

Xalqaro aloqalar bo‘limi