“Ma’naviy barkamol yoshlar-yurt kelajagi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

12.12.2018, 15:13 Institut yangiliklari, Yangiliklar 5010

Prezidentimizning “Faqat sog‘lom  xalq, sog‘lom millatgina buyuk ishlarga qodir bo‘ladi”, degan so‘zlari jamiyatimizdagi tibbiy-ijtimoiy islohotlarning bosh maqsadiga aylandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 6 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan har tomonlama sog‘lom hamda barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlar huquq va manfaatlarini himoya qilishni yanada kuchaytirish, yosh iqtidorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir qator amaliy tadbirlar belgilandi. Shuningdek bunday tadbirlar barcha Oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilmoqda. Jumladan, 12 dekabr kuni soat:11.00 da  Toshkent farmasevtika institutining katta faollar zalida professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida “Ma’naviy barkamol yoshlar-yurt kelajagi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan,O‘zbekiston  milliy akademik drama teatri aktyorlari Abduraim Abduvahobov, Toxir Saidov, Bekzod Muxammadkarimov, Madina Muxtorovalarning ishtiroki ta’minlandi.

Tadbir 2018-2019 o‘quv yiliga mo‘ljallangan ma’naviy-ma’rifiy ishlar chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida organik va biologik kimyo kafedrasi  hamda  institut tarbiyachi pedagogi N.Yusupova, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etildi.   Tadbirni sanoat farmatsiya fakulteti dekani X.Sh.Ilxomov kirish so‘zi bilan ochib berdi va navbatni xalqimizning sevimli san’atkorlariga berdi.

O‘zbekistonda hizmat ko‘rsatgan artist  Abduraim Abduvaxobov  “Ma’naviy barkamol yoshlar-yurt kelajagi”, O‘zbekistonda hizmat ko‘rsatgan artist Toxir Saidov “Buyuk ajdodlarga ehtirom”, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Bekzod Muxammadkarimov “Adabiyotga e’tibor kelajakka e’tibordir”, O‘zbekiston xalq artisti Madina Muxtorova “Inson odobi bilan go‘zal” mavzularida  ma’ruzalar qilindi.

Tadbirda jami 200 nafar talaba hamda professor-o‘qituvchilarning  ishtiroki ta’minlandi.

     

     

     

     

 

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova