E’LON! “So‘z mulkining sultoni – Alisher Navoiy”,“Buyuk alloma – Ibn Sino” mavzularida maqolalar tanlov.

11.12.2018, 23:08 E'lonlar 2306

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida” PQ-3160-son qarorlarida hamda Toshkent farmatsevtika institutida ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va sport-sog‘lomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2018 yil noyabr-dekabr hamda 2019-yil yanvar oylariga mo‘ljallangan “YO‘L XARITASI”ning 5-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida institut talabalari o‘rtasida “So‘z mulkining sultoni – Alisher Navoiy”,“Buyuk alloma – Ibn Sino” mavzularida maqolalar tanlovi joriy etildi. Ijodiy ishlar institut ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga topshirilishi ko‘zda tutilgan.

Xurmatli talabalar barchangizini tanlovda ishtirok etishga taklif etamiz.

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova