O‘zbekistonda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tashkil etiladi.

11.12.2018, 22:55 Yangiliklar 2378

Ўзбекистонда Тиббий-ижтимоий хизматлар агентлиги ташкил этилади

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tashkil etiladi.

Prezidentimizning 2018-yil 7-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tashkil etiladi.

Quyidagilar agentlikning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi:

  • keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalariga ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni yanada takomillashtirish va muvofiqlashtirishga qaratilgan tibbiy-ijtimoiy yordamning yagona siyosatini shakllantirish va amalga oshirish;
  • nogironlikni belgilashning keng qamrovli yagona tizimini yaratish maqsadida normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish;
  • tibbiy-ijtimoiy muassasalarning keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalariga tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
  • muhtoj shaxslarni protez-ortopedik buyumlar va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlash faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
  • tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati, nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish faoliyatiga tashkiliy-uslubiy rahbarlik qilish va ularni muvofiqlashtirish.

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova