“Konstitutsiya inson huquq va erkinliklari kafolatidir”

10.12.2018, 16:24 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2523

Asosiy qomusimiz – konstitutsiya 1992-yilning 8-dekabrida Oliy majlis sessiyasida qabul qilindi. Konstitutsiyada davlat va jamiyatni rivojlantirishning demokratik omillari belgilab olingandir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan tantatali yig‘ilishda “Inson manfaatlari, huquqlari va erkinliklari bizning Konstitutsiyaning asosidir. Bugungi kunda davlat organlari xalq bilan yaqin muloqot o‘rnatib uning kundalik muammolarini hal qilishda, orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarishda yordam berishi kerak. Mana shunday yondoshish bizga mustaqil, suveren va demokratik davlat qurishda yordam beradi” deb nutq so‘zladi.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 26 yilligiga bag‘ishlangan tadbir barcha tashkilot va Oliy ta’lim muassasalarida tashkil etib kelinmoqda jumladan, 7-sentabr kuni soat 15.00 da Toshkent farmasevtika institutining katta faollar zalida bosh qomusimiz qabul qilinganligining 26 yiliga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Mirobod tumani Adliya bo‘limi boshlig‘i R.Qurbonov, O‘zbekiston XDP Toshkent viloyati kengashi mafkura bo‘limi boshlig‘i Sh.Rashidov hamda institut professor o‘qituvchilari va 200 nafar talabalar ishtirok etdilar.

Mirobod tumani Adliya bo‘limi boshlig‘i R.Qurbonov “Konstitutsiya erkin va farovon hayotimizning mustahkam poydevori”, O‘zbekiston XDP Toshkent viloyati kengashi mafkura bo‘limi boshlig‘i Sh.Rashidov “O‘zbekiston Respublikasi kostitutsiyasi demokratik islohotlarning huquqiy asosi” mavzularida talabalarga maruzalar o‘qishdi.

     

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova