“O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 26 yilligi” munosabati bilan Prezident asarlariga bag‘ishlangan tadbir

08.12.2018, 10:14 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2571

Inson o‘z huquqlari va erkinliklarini bilar ekan o‘z shaxsiy hayotini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yadi va jamiyat oldidagi burchlarini xam to‘g‘ri anglaydi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ”Erkin va obod , demokratik jamiyatni barchamiz birgalikda barpo etamiz” degan so‘zlari shu fikrlarning isbotidir.

Mustaqil O‘zbekistonning qomusi Konstitutsiyamizning qabul qilingaligiga 26 yil va yurtboshimiz SH.M.Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasiga prezident bo‘lib saylanganiga 2 yil to‘lishi munosabati bilan 2018-yil 7-dekabr Toshkent Farmasevtika instituti Axborot-resurs markazida Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyevning ARMga keltirilgan asarlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu asarlarda muhtaram yurtboshimiz SH.M.Mirziyoyevning tantanali marosim v qo‘shma majlislarda hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24 yilligiga bag‘ishlangan marosimida, xalqaro anjumanlar, tadbirlarda so‘zlagan nutqlari o‘rin olgan. Tadbirda ARM rahbari F.N.Xolmuratova, Xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i B.H.Sotvoldiyeva, kutubxonachi D.D.Abdullayeva va o‘qituvchilar Noorganik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi katta o‘qituvchisi R.Sh.Zaripova, assisent N.B.Axmedova hamda 1-kurs Kasb ta’limi yo‘nalishining 102-a, 102-v gurux talabalari ishtirok etishdi.

     

Kutubxnachi D.Abdullayeva Prezident asarlarining mazmuni va ushbu asarlarning talabalarning ta’lim olish jarayonlaridagi ahamiyati haqida gapirdi. Bu asarlarni bilish va mutolaa qilish Prezidentimizning davlatimiz siyosiy va iqtisodiy jarayonlari haqidagi fikrlari, kelajak reja va maqsadlar bayoni haqida bilib olish mumkin. Shu bilan birga talabalarga badiiy yo‘nalishdagi kitoblarni o‘qib borish zarurligi, bu ma’naviy dunyomizni va tafakkurimizni charhlab boruvchi vositalar ekanligi haqida suhbatlar bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida Noorganik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi katta o‘qituvchisi R.Sh.Zaripova talabalarga darsdan bo‘sh vaqtlarida ARMga kelib badiiy va ijtimoiy hayotimizga oid kitoblarni, Prezident asarlarini mutolaa qilib borish ularni ijtimoiy hayotda yanayam faol bo‘lishga sabab bo‘lishini, mutolaani tarbiya jarayoniga ta’siri haqida ma’ruza qildi. Tadbir hamada yaxshi taasurot qoldirdi.