“Umumiy va noorganik kimyo”, “Analitik kimyo” va “Dori turlari texnologiyalari” kafedralarining professor o’qituvchilari shaxrimizdagi 254-son umumiy o’rta ta’lim maktabiga tashrifi.

06.12.2018, 16:54 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2391

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining 2018 yil 15 oktabrdagi 09-2520-son topshiriq xati ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent farmasevtika instituti “Umumiy va noorganik kimyo”, “Analitik kimyo” va “Dori turlari texnologiyalari” kafedralarining professor o’qituvchilari shaxrimizdagi 254-umumiy o’rta ta’lim maktabiga  tashrif buyurdilar.

Ushbu tadbirda  254-sonli maktab o‘qituvchilari hamda maktabning 40 nafar o‘quvchilari ishtirok etdi.

Ushbu tashrifdan ko‘zlangan maqsad o‘quvchi-yoshlarni ilm olishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishdir. Tashrif davomida kafedralar frofessor o’qituvchilari “Odam savdosi”mavzusi bo’yicha davra suxbati va “Davriy sistemaning 7-8 gurux elementlari” mavzusiga bag’ishlangan maxorat darslari o’tkazishdi.

     

     

     

 

DTT kafedrasi assistenti                           Tashmuxammedova M.

UN kimyo kafedrasi assistenti                   Muxammadiyeva D.A.