Talaba-yoshlar uchun “SPEAKING CLUB” tadbiri o’tkazildi.

06.12.2018, 16:46 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2246

Bugungi kunda sifatli yaxshi mutaxassisni tayyorlash uning bo‘lajak kasbiga tayyorgarligi bilangina emas, shu kasbni hayotga yanada muvaffaqiyatli tadbiq etuvchi va jamiyat taraqqiyotiga zamin yaratuvchi, muloqot va tushunish imkon beruvchi tili bilan ham belgilanadi. O‘z ona tilinigina emas, balki xorijiy tillarni bilish bugun zamon talabiga aylandi.

Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va talabalarda xorijiy tillarni bilishga bo‘lgan talab va extiyoj ortdi. Talabalar OTMlariga ingliz tilini turli darajada bilib kelmoqdalar. Ingliz tilini bilish davr talabiga aylantirib bormoqda.  2012 yil 10 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ- 1875 sonli qarori qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Kadrlar tayyorlash milliy Dasturini amalga oshirish doirasida chet tillarga o‘qitishning kompleks tizimi, ya’ni uyg‘un kamol topgan, o‘qimishli, zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni shakllantirishga, respublikaning jahon hamjamiyatiga yanada integratsiyalashuviga yo‘naltirilgan tizim yaratildi.

Ushbu qarorning ijrosini ta’minlash borasida barcha OTMlari qatori Toshkent farmatsevtika institutida ham talaba yoshlarni ingliz tiliga qiziqishini orttirish maqsadida “SPEAKING CLUB” tadbirlarini o‘tkazish an’anasi shakllanmoqda. Xususan, 2018 yilning 30- noyabrida “Tillar” kafedrasi o‘qituvchisi G.Musaeva tashabbusi bilan 5- dekabr kuni O‘zDJTU 1-bosqich magistranti U.Amridinov va Singapur iqtisodiy menejmentni rivojlantirish instituti 1-bosqich magistranti J.Toirovlar katta faollar zalida juda qiziqarli va intreaktiv “SPEAKING CLUB”ni tashkil etishdi. Talabalarga tadbir juda yoqdi.