Toshkent farmatsevtika instituti rahbariyatining Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumanidagi 51-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrifi.

04.12.2018, 14:26 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2372

2018 yil 03 dekabr  kuni Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani 51-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish maqsadida Toshkent farmatsevtika instituti rahbar va professor-o‘qituvchi hodimlari hamkorligida davra suhbati tashkil qilindi. O‘quvchi-yoshlarni ilm olishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida, maktabning 9-10-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya jamiyat taraqqiyotining poydevori” hamda “Farmatsevtika kecha va bugun” va “Ilm insonni ezgulika yetaklar” mavzularida davra suhbati tashkil qilindi. Tadbirda Toshkent farmatsevtika instituti rektori professor I.I.Alimdjanov, ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri dotsent K.Q.Ismoilov, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N.X.Ashurova, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi institut BT yetakchilari hamda “Notiqlar” klubi a’zolari, “Huquq targ‘ibotilari”ning bir guruh a’zolari ishtirok etdi. Shuningdek, 51-sonli umum o‘rta ta’lim maktabning o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari D.Mamadjanov, o‘qituvchilar A.Sodiqov, M.Azimova, U.Sheralievalarning ishtiroki ta’minlandi. Mavzu yuzasidan institut rahbar xodimlari va talabalar tomonidan ma’ruzalar qilindi. Suhbat jarayonida institut faoliyatiga doir videoroliklar namoyish etildi.

Shuningdek, Toshkent farmatsevtika instituti rektori professor I.I.Alimdjanov maktabning 5-6 sinf o‘quvchilari bilan ham ochiq muloqotlar tashkil etdi. Suhbat jarayonida ularni ilm olishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga hamda kasbga yo‘naltirishga doir mavzularda targ‘ibot ishlarini olib bordi.  Tadbirlarda jami 10 nafar o‘qituvchilar, maktab rahbariyati hamda 160  nafar o‘quvchilarning ishtiroki ta’minlandi.

     

     

     

 

Institut matbuot kotibi        N.L.Usmanova