Ijtimoiy-manaviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish maqsadida Toshkent farmatsevtika instituti rahbariyatining Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumanida joylashgan 50-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrifi.

04.12.2018, 13:01 Institut yangiliklari, Yangiliklar 3313

2018 yil  3 dekabr  kuni Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida joylashgan  50-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish maqsadida Toshkent farmatsevtika instituti rahbar va professor-o‘qituvchi hodimlari hamkorligida davra  suhbati tashkil qilindi. O‘quvchi yoshlarni ilm olishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida, maktabning 9-10-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26 yilligi munosabati bilan “Huquq va burch” hamda “Biz buyuk avlod vorislarimiz” va “Ilm insonni ezgulika yetaklar” mavzularida davra suhbati tashkil qilindi. Tadbirda Toshkent farmasevtika instituti rektori professor I.I.Alimdjanov, ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri dotsent K.Q.Ismoilov, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N.X.Ashurova, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi institut BT yetakchilari hamda “Notiqlar” klubi a’zolari, “Huquq targ‘ibotilari”ning bir guruh a’zolari ishtirok etdi.

Mavzu yuzasidan institut rahbar xodimlari va talabalar tomonidan ma’ruzalar qilindi. Suhbat jarayonida institut faoliyatiga doir videoroliklar namoyish etildi.

Shuningdek, Toshkent farmasevtika instituti rektori professor I.I.Alimdjanov maktabning 5 – 6 sinf o‘quvchilari bilan ham ochiq muloqotlar tashkil etdi. Suhbat jarayonida ularni ilm olishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga hamda kasbga yo‘naltirishga doir mavzularda targ‘ibot ishlarini olib bordi.  Tadbirlarda jami 15 nafar o‘qituvchilar, maktab rahbariyati hamda 160 nafar o‘quvchilarning ishtiroki ta’minlandi.

     

     

     

     

     

     

Institut matbuot  kotibi   N.L.Usmanova