MCHJ «Jurabek laboratories» QKga tashrif.

04.12.2018, 11:15 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2872

2018-yil 3-dekabrda Toshkent farmatsevtika instituti DVS va SM kafedrasi dotsenti I.M.Iminova va Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti yo‘nalishi 401A guruhi talabalari bilan bilan MCHJ «Jurabek laboratories» QKga tashrif buyurilib, “Farmatsevtika sanoatida GMP ning qo‘llanilish holati” mavzusida seminar ma’ruza uyushtirildi. Talabalar eng avvalo MCHJ «Jurabek laboratories» QKning texnika xavfsizligi qonun-qoidalari va korxonaning ichki tartib intizomi bilan tanishdilar. Shundan so‘ng, talabalar MCHJ «Jurabek laboratories» QK ning dori ishlab chiqarish sexlariga tashrif buyurib, tayyor dori turlaridan ampula, infuzion eritmalar tayyorlanishini ko‘rdilar. Ishlab chiqarilagan dori turlaridan natriy xlorid 0,9% inyeksion eritmasining ishlab chiqarilish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, dori praparatlarini standartlash va sifat nazorati bo‘limlarining faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Toshkent farmatsevtika instituti bilan MCHJ «Jurabek laboratories» QK o‘rtasidagi ilmiy-tadqiqot, o‘quv-uslubiy va kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma tuzish kelishib olindi. Ushbu muvaffaqiyatli tadbir uchun MCHJ «Jurabek laboratories» QK korxona rahbariyatiga, xususan korxonaning personal boshqaruv bo‘limi boshlig‘i E.A.Volkovaga Toshkent farmatsevtika instituti, DVS va SM kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalar tomonidan o‘zimizning chuqur minnatdorchiligimizni izhor qilamiz.