Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish.

03.12.2018, 14:58 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2317

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 avgust kuni bo‘lib o‘tgan “Vazirliklar va idoralar xodimlarini tashkiliy ravishda teatr, muzeylarga  tashrif buyurishini uyushtirish  hamda respublika bo‘ylab gastrol safarlarining amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 01-07/1-1231-sonli majlisi bayonida  belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida  intsitut miqyosida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan Toshkent farmasevtika instituti talabalarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli  tashkil etish, ma’naviy salohiyatini yanada oshirish  maqsadida teatr , muzeylar, kino va ko‘rgazmalarga borishi tashkillashtirib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 3 oktabrdagi 8-7-8/1310 – sonli xatiga binoan 2018 yil  1 dekabr kuni  Toshkent farmasevtika institutining farmatsiya fakul’teti 106 guruh  talabalarining  Geologiya muzeyiga tashrifi amalga oshirildi.

    

 

Institut matbuot kotibi    N.L.Usmanova