Toshkent farmatsevtika instituti xodimlarining Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumanidagi 51-sonli maktabga tashrifi.

03.12.2018, 14:55 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2081

2018 yil 30-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriligining 2018 yil 18 oktabrdagi 87-02-2996-sonli xatida keltirilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida  Toshkent farmasevtika instituti Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasining mudiri, farm.f.n., prof. V.R.Xaydarov boshchiligida katta o‘qituvchi S.T.Sharipova, dos.v.b.G.R.Raximova  va assitentlar Z.A.Zuparova, N.S.Sadikovalar  Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumanida joylashgan 51-sonli maktabga tashrif buyurdilar. Tashrif jarayonida 10-11-sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuvda  51-sonli maktabning direktori N.E.Ashirov, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari B.O‘.Sulaymonova, O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Mamajonov D.M., maktab o‘qituvchilari M.A. Azimboeva va A.A.Sodiqovlar ham bevosita ishtirok etdilar.

Tashrif jarayonida psixologik so‘rovnoma o‘tkazildi, hamda ularga  maslahatlar berildi, o‘quvchilarning qiziqish va istaklari asosida to‘g‘ri yo‘nalishlar berildi. Shu bilan birga farmasevtika sohasiga qiziqish bildirgan o‘quvchilar uchun institut haqida ma’lumotlar berildi hamda Toshkent farmasevtika instituti haqida video-rolik ham taqdim etildi.

 

Institut  matbuot  kotibi   N.L.Usmanova