Guruh murabbiylarining ish faoliyati samaradorligini yanada oshirish.

03.12.2018, 14:33 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2049

2018 yil  1 dekabr kuni  Toshkent farmasevtika institutining  murabbiylar  kengashi raisi  N.S.Salimsakova tomonidan  guruh murabbiylarining ish samaradorligini oshirish maqsadida  yig‘ilish tashkil etildi. Mazkur yig‘ilishda sanoat farmatsiyasi fakulteti dekani X.Sh.Ilxomov, murabbiylar kengashi raisi N.S.Salimsakova, psixolog S.Azlarova, tarbiyachi pedagog N.Yusupova xamda barcha guruh murabbiylari ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda sanoat farmatsiyasi fakulteti dekani  X.Sh.Ilxomov  ta’lim sifatini oshirish, talabalarning ta’limga qiziqishlarini yanada kuchaytirish  hamda  institutning  ota-onalar bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yishda  murabbiylarning  faol bo‘lishlari kerakligi hususida ta’kidlab o‘tdi.

Murabbiylar kengashi raisi N.S.Salimsakova  axborot va murabbiylik soatlarini muntazam o‘tib borishning axamiyati, ularning  mazmunli tashkil etish, undan unumli foydalanish, axborot va murabbiylik soatlarining qiziqarli tashkil qilishda talabalarning tashabbusini qo‘llab quvvatlash kerakligi   hususida  fikrlar bildirdi. Shkningdek, talabalarning xalqaro  ta’lim munosabatlariga kirishishda, institut va jamiyatning ijtimoiy hayotida talabalarning faolligini oshirishda guruh murabbiylarining  ta’siri katta ahamiyat kasb etadi. Shuningdek ota-onalarning institut bilan xamkorligini oshirishda murabbiylar kengashining ishtiroki, ta’lim jarayoniga talabalarning ahloqiy sifatlari qay tarzda ta’sir etishi hususida institut tarbiyachi pedagogi, psixologi hamda guruh murabbiylari o‘rtasida fikrlar almashildi.

     

     

Institut matbuot kotibi  N.L.Usmanova

Institut psixologi S.A.Azlarova