DVS va SM kafedrasi professor-o’qituvchilar tomonidan Talabalar turar joyida “Giyohvandlik, alkogolizm, tamaki chekishning zararli oqibatlari” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

30.11.2018, 17:27 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2231

2018-yil 27-noyabrda Toshkent farmatsevtika instituti TTJ da soat 1600 da talabalar bilan DVS va SM kafedrasi kunida giyohvandlikka qarshi kurash kuniga bag‘ishlab “Giyohvandlik, alkogolizm, tamaki chekishning zararli oqibatlari” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Xorazm viloyati STEB Sud kimyo bo‘limi mudiri. G‘.D.Vaisov, Buxoro vil STEB Sud kimyo bo‘limi experti. Jumayeva Sharifa, Namangan viloyati STEB Sud kimyo bo‘limi mudiri Boyxonov Rustam, DVS va SM kafedrasi o‘qituvchilaridan dotsent Iminova Inoyatxon, katta o‘qituvchi Nurudullayeva Kamola, assistentlar Toshtemirova Charos, Madaminova Malika va boshqa kafedra xodimlari qatnashdilar.

    

Tadbirda Buxoro vil STEB Sud kimyo bo‘limi experti. Jumayeva Sharifa so‘zga chiqib o‘z mutaxassisligining vazifalari va imkoniyatlari haqida gapirdi. Talabalarni a’lo baholarga o‘qishlari, o‘zlariga berilgan imkoniyatlardan to‘liq foydalanishlari kerakligini uqtirib o‘tib talabalarni kasbga yo‘naltirdi.

     

Xorazm viloyati STEB Sud kimyo bo‘limi mudiri. G‘.D.Vaisov so‘zga chiqib, “Tramadolni YUQSX usuli yordamida aniqlash” mavzusida ma’ruza o‘qidi. Ma’ruzadan so‘ng talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-oktyabrdagi qarori bilan O‘zbekistondagi aylanma mablag‘lari cheklangan dori-darmonlar ro‘yxatiga qo‘shimchalar kiritildi. Unga tramadol qo‘shildi. Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-bandiga binoan (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalarni noqonuniy sotish), tegishli tartibda jazoga tortiladi. Ushbu dori vositasini tibbiy maqsadlarda shifokor ko‘rsatmasiga binoan sotib olgan bemorlarga jinoiy javobgarlik belgilanmagan. Qonunga kiritilgan o‘zgarishlar va qo‘shimchalar kuchga kirgan vaqtdan boshlab tramadol dori vositasini noqonuniy aylanmasi bilan shug‘ullanayotgan ko‘plab odamlar qo‘lga olinib, ko‘p miqdorda tramadol dori vositalari musodara etildi. Shu sababli tramadol dori vositasini sud kimyoviy tekshiruvini o‘tkazish va takomillashtirish har kungidan ko‘proq dolzarb vazifa hisoblanadi.