FITQ kafedrasi xodimlari va magistrlar bilan birgalikda Farmakoiqtisodiyot guruhlari tashkil etildi.

25.11.2018, 12:35 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2267

Farmasevtika ishini tashkil qilish kafedrasida, kafedra xodimlari va magistrlar bilan birgalikda Djalalov Sandjar Chingizovich boshchiligida to‘rtta Farmakoiqtisodiyot guruhlari tashkil etilgan bo‘lib, har birida guruh sardorlari qo‘magida ilmiy izlanishlar jadal ravishda olib borilmoqda. Jumladan, guruhlar kafedra ilmiy yo‘nalishlariga mos ravishda: 1-guruh “Kardiologiya” (dots. Sh.Z.Umarova, ass. N.M.U.Sultanbayeva, mag. M.Sharipova, mag. A.Norov); 2-guruh “Onkologiya” (prof. S.Ch.Djalolov, mag. G.B.Ibragimova, mag. S.Musaxodjayev, ass. M.Pardayeva, ass. A.A.Raximov); 3-guruh “Endokrinologiya” (dots. S.U.Aliyev, mag. Sh.X.Sunnatov, ass. N.Rajabova, mag. D.Radjabova, mag. A.Isakov); 4-guruh “Virusologiya” (ass. D.B.Raxmatjonova, mag. Z.R.Jurayeva, ass. D.A.Nazirova, ass. G.Shokirova). Bugungi prezintatsiya 2-guruh “Onkologiya”ga bag‘ishlangan bo‘lib unda, guruh sardori Raximov Abror va Musaxodjiyev Sardor, Ibragimova Gulmiralar O‘zbekiston Respublikasida oshqozon rakining tarqalishi, tasdiqlangan mahalliy davolash standartlarini Yevropa ittifoqida qa’bul qilingan davolash standartlari va dori vositalari bilan qiyosiy tahlilini mukammal ravishda namoyish qilib berishdi. 3-guruh rahbari Aliyev Sarvar Ubaydullayevich endokrinologik kasalliklarni tarqalishi va shu kasallikni davolashda O‘zbekiston Respublikasida va boshqa xorijiy davlatda tasdiqlangan standartlari asosida qo‘llaniladigan dori – vositalar haqida ma’lumot berdi. Dars ochiq ma’ruza shaklida olib olib borildi. Ma’ruzada barcha guruh a’zolari va boshqa FITQ kaferdasi o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Prezintatsiya yakunida esa kerakli fikr muloxazalar va keyingi izlanish bosqichlarini belgilab berishdi.