“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondining to‘qqiz oylik faoliyati qoniqarlimi?

29.11.2018, 17:59 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2705

Shu davrda fondning xorijiy va mahalliy hamkorlari orqali 40 marotaba umumiy qiymati 50 million AQSh dollari va 175 milliard so‘mga yaqin muruvvat yuklari qabul qilingan.

Poytaxtimizdagi milliy matbuot markazida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondining 2018 yil to‘qqiz oylik faoliyati yuzasida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Hisobot davrida fondning xorijiy va mahalliy hamkorlari orqali 40 marotaba umumiy qiymati 50 million AQSh dollari va 175 milliard so‘mga yaqin muruvvat yuklari qabul qilindi.

– O‘tgan davr mobaynida bemor bolalarni sog‘lomlashtirish yo‘nalishida tizimli ishlar amalga oshirildi, – dedi fondning onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i Jumabek Nurov. – Jumladan, 26 nafar rivojlanishida tug‘ma nuqsoni bo‘lgan bolalar Germaniyaning nufuzli klinikalarida davolandi. Tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan 17 nafar bola Janubiy Koreyada, 20 nafar bola Hindistonda sog‘lomlashtirildi. Xorijlik hamkorlar bilan birgalikda ham qator ishlar qilindi. Turkiyaning TIKA xalqaro tashkiloti ko‘magi bilan Surxondaryo viloyatida 159 nafar kuyish asoratlari va labda nuqsoni bo‘lgan bolalar operatsiya qilindi. Asosiy maqsadimiz ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlash.

Tadbir yakunida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Inobat Ahatova, O‘zA​​

Institut matbuot kotibi               N.L.Usmanova