Sun’iy intellekt asosida ishlovchi tibbiy vositalar taqdim etilmoqda

29.11.2018, 14:43 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2022

Janubiy Koreyaning “Samsung Electronics” kompaniyasi sun’iy intellekt asosida ishlovchi turli tibbiy vositalarni o‘zida mujassam qilgan dasturiy ta’minot taqdimotini o‘tkazdi.

Tibbiy ma’lumotlarni aniqlash va tahlil qilish natijasida aniq tashxis qo‘yishga erishish – dasturning asosiy jihati hisoblanadi.

“Yonhap” agentligi xabariga ko‘ra, kompaniya, jumladan, ko‘krak qafasidagi shikastlangan joylarni ultratovush suratlari yordamida aniqlovchi S-Detect vositasini taqdim etdi. Kompaniyadagilar bunday yuksak texnologiyali tizim mamlakatning chekka tumanlarida, shuningdek, dunyoning tibbiy xodimlar tanqis hududlarida tibbiy xizmat sifatini oshirishga yordam berishidan umid qilishmoqda.

 

O‘zA