Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ilmiy-tadqiqot institutining nomi o‘zgartiriladi.

28.11.2018, 22:28 Institut yangiliklari, Yangiliklar 3940

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ilmiy-tadqiqot instituti Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti etib qayta tashkil etiladi.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ilmiy tadqiqot bazasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqida adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Qaror bilan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ilmiy-tadqiqot instituti Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti etib qayta tashkil etilishi belgilandi.

Atmosfera havosi, suv va er resurslarining ifloslanishini kamaytirish, biologik bioxilmaxillikni saqlash, chiqindilarni qayta ishlash va utilizatsiya qilishni ta’minlovchi yangi va samarali uslub va texnologiyalarni ishlab chiqish Institut faoliyatining asosiy vazifalari hisoblanadi.

Shuningdek, qaror bilan 2019-2020 yillarda Institut uchun xarid qilinadigan respublikada ishlab chiqarilmaydigan ilmiy laboratoriya uskunalari hamda reagent va butlovchi materiallarning ro‘yxati tasdiqlandi.

Ro‘yxatga muvofiq, jami 26 turli ilmiy-laboratoriya uskunalari, 18 turli reagentlar va 36 turli butlovchi materiallar xarid qilinadi.​​

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova