Eng yaxshi media-mahsulot uchun avtomobil va O‘zbekiston bo‘ylab VIP-tur taqdim etiladi.

28.11.2018, 22:09 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2118

Энг яхши медиа-маҳсулот учун автомобиль ва Ўзбекистон бўйлаб VIP-тур тақдим этилади

X Ijtimoiy media-mahsulotlar milliy festivali O‘zbekiston madaniy-tarixiy merosi, mamlakatimiz sayyohlik salohiyatini oshirishga qaratilgan eng yaxshi roliklar uchun tanlov e’lon qiladi.

Tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad – O‘zbekiston madaniy-tarixiy merosi, mamlakatimiz sayyohlik salohiyatini oshirish orqali ommaviy axborot vositalari ijodkorlari hamda ijodkorlarni rag‘batlantirishdan iborat.

Tanlov 3 ta nominatsiya bo‘yicha o‘tkaziladi:

  • “Madaniy-tarixiy O‘zbekiston” /«Kulturno-istoricheskiy Uzbekistan»/ Mustsee
  • “O‘zbekiston – turistik maskani” /«Turisticheskiy Uzbekistan»/ Welcome to Uzbekistan/
  •  “Gastronomik O‘zbekiston”/ «Gastronomicheskiy Uzbekistan»/ Tasteme

Eng yaxshi asarlarni aniqlash uchun festivalning Ekspert guruhi tashkil etildi. Tanlov natijalariga ko‘ra, ekspert guruhi tomonidan har 3 ta nominatsiya bo‘yicha 3 tadan, jami 9 ta videorolik tanlab olinadi.

Joriy yilning 10-dekabr kuni festival ishtirokchilari hamda mehmonlari ishtirokida hakamlar hay’ati tomonidan jonli ovoz berish orqali g‘oliblar aniqlanadi. Tanlovning har 3 ta nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan 3 nafar final ishtirokchisi festival gran-prisi sanalmish bosh sovrin – “Spark” avtomobili uchun nomzod etib belgilanadi. Hamkamlar tomonidan jonli ovoz berish orqali g‘olib deb topilgan ishtirokchiga bosh sovrin beriladi.

photo5460985268745120285.jpg

Festivalga, shuningdek, xorijiy ishtirokchilarning roliklari ham qo‘yiladi. Ekspert guruhi tomonidan eng yaxshi deb topilgan 3 ta rolik onlayn ovoz berish orqali aniqlanadi. Tanlovda g‘olib bo‘lgan xorijlik ishtirokchi uchun asosiy sovrin – VIP-tur – O‘zbekistonning eng ko‘p o‘rganilmagan, sirli va muqaddas joylariga tashrif buyurish imkoniyati yaratiladi. VIP-tur tashkilotchisi – O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.

Eng yaxshi roliklar mualliflari X Ijtimoiy media-mahsulotlar milliy festivalining qimmatbaho sovg‘alari va esdalik diplomlari bilan taqdirlanishadi.

Tanlovga faqatgina mualliflik hisoblangan, davomiyligi 2 daqiqagacha bo‘lgan, o‘zbek va rus tillaridagi roliklar qabul qilinadi.

Tanlovda qatnashish istagini bildirganlar o‘z ishlarini X.fest.products@gmail.com pochta manziliga bog‘lanish shaklida yoki ixcham shaklda yuborishlari so‘raladi.

Ijodiy ishlar shu yilning 7 dekabriga qadar qabul qilinadi.

Festival O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Oliy Majlis huzuridagi nodavlat-notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi markaziy kengashi hamda YUNESKO tomonidan tashkil etilmoqda.

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova