Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 260-umumiy o‘rta ta’lim maktabida hamkorlikda “Rus tili oyligi” tadbiri.

27.11.2018, 19:44 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2477

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 29-martdagi 30-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 18-sonli qo‘shma qarori hamda Toshkent farmatsevtika institutining 2018-yil 5-apreldagi 219-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 2018-yilning 24-noyabrida Tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari Yunusobod tumanidagi 260-umumiy o‘rta ta’lim maktabida hamkorlikda “Rus tili oyligi” tadbirini o‘tkazishdi. Tadbirda maktab o‘quvchilari hamda institutning bir guruh talabalari “Giyohvandlikka qarish birga kurashamiz” mavzusida ma’anaviy-ma’rifiy tadbirni tayyorlashdi. Tadbir yakunida faol o‘quvchilarga estalik sovg‘alari berildi.

Tadbir ishtirikchilarining yakuniy chiqishi

     

Giyohvahdlikka qarshi kurashamiz

260- umumiy o’rta ta’lim maktabi direktori bilan rejalar haqida