Tillar kafedrasi o‘qituvchisi N.Karimovaning Buyuk Britaniya NILE Norvich til institutidagi stajirovkasi bo‘yicha ma’lumoti tinglandi.

27.11.2018, 19:40 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2018

Tillar kafedrasida muntazam ravishda har dushanba va chorshanba kunlari institut professor-o‘qituvchilari uchun ingliz tili kurslari o‘tkazilmoqda. 2018-yil 26-noyabr kunidagi mashg‘ulotda Tillar kafedrasi o‘qituvchisi N.Karimovaning Buyuk Britaniya NILE Norvich til institutidagi stajirovkasi bo‘yicha qiziqarli prezentatsion ma’lumoti tinglandi. Ma’lumot kelajakda institut professor-o‘qituvchilarini xorijga stajirovkasiga motivatsiya bo‘lib xizmat qiladi degan umiddamiz.

Tillar kafedrasi o’qituvchisi N.Karimova NILE taassurotlari haqida

Ingliz tilini o’rganish va qiziqarli ma’lumotni yozish jarayoni