Xayriya to‘plash o‘n kunligi e’lon qilindi.

27.11.2018, 19:26 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2253

2018-yilning 26-noyabridan – 6-dekabrigacha O‘zbekiston Qizil Yarim Oy jamiyati Toshkent shahar tashkiloti jamg‘armasiga xayriya to‘plash o‘n kunligi e’lon qilindi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Unga ko‘ra, xayriya hisobidan aholining kam ta’minlangan va ijtimoiy yordamga muhtoj yakka-yolg‘iz keksa qariyalar, nogironlar, surunkali kasallar, ko‘p farzandli kam ta’minlangan oilalarga, shuningdek, turli tabiiy va texnogen ofatlarda jabrlanganlarga insonparvarlik yordamini ko‘rsatish ko‘zda tutilgan.

Xayriya to‘plash o‘n kunligi davomida jamiyatning boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish, xodimlarni jamoaviy a’zolikka jalb etish va a’zolik markalarini tarqatish ishlari ham olib boriladi.​​

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova.