TATUning Qarshi filiali Belorus davlat texnologiya universiteti bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi.

27.11.2018, 18:33 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2362

Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali vakillari Belorus davlat texnologiya universitetiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida istiqbolli hamkorlik aloqalarini yaqindan yo‘lga qo‘yish, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan eng zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ta’lim dasturlari va o‘quv-metodik materiallarni keng joriy etish, ilmiy-pedagogik faoliyatga yuqori malakali professor-o‘qituvchilar va olimlarni jalb etish to‘g‘risida fikr almashildi.

O‘tkazilgan muzokaralar natijasida hamkorlik aloqalarini keng yo‘lga qo‘yish maqsadida ikki tomonlama hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova.