“Jinoyatlarning kelib chiqish sabablari”, “Korrupsiya-milliy xavfsizlikka tahdid” mavzularida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir.

26.11.2018, 17:08 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2287

Sir emaski, dunyodagi barcha mamlakatlar taraqqiyotiga salbiy ta’sir etayotgan illatlardan biri — korrupsiyadir. Korrupsiya — mansabdor shaxslarning, davlat xizmatchilarining o‘z xizmat vazifalarini suiiste’mol qilishlari, mansab vakolatidan  foydalanib, jinoyat olami vakillariga vositachilik qilishlaridir. Korrupsiya va poraxo‘rlik davlatni ich-ichidan yemiradigan kuch ekanligi barchaga ma’lum. Bugungi kunga kelib jinoyatning bu turi global muammo kasb etmoqda. Buni oldini olish maqsadida barcha tashkilotlar, oliy ta’lim muassasalari, maktab va litseylarda “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzularida tadbirlar tashkil etib borilmoqda. Jumladan  2018-yil 26-noyabr kuni Toshkent farmasevtika institutida “Jinoyatlarning kelib chiqish sabablari ”, “Korrupsiya-milliy xavfsizlikka tahdid” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil  etildi. Mazkur tadbir Toshkent shahar Ichki Ishlar Bosh Boshqarmasi, Toshkent shahar Mirobod tumani IIO  hodimlari hamkorligida institut professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida “Jinoyatlarning kelib chiqish sabablari ”, “Korrupsiya-milliy xavfsizlikka tahdid” mavzularida o‘tkazildi.

Tadbirni institutning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.I.Xudoyberdiyev kirish so‘zi bilan ochib berdi.

   

Toshkent shahar Ichki Ishlar Bosh Boshqarmasi jinoyat qidiruv boshqarmasi o‘rinbosari, podpolkovnik Ahmedov Sayfullo Nigmatovich “Jinoyatchilikning  kelib chiqish sabablari” mavzusida talabalarga tushuncha berdi.

Toshkent shahar Ichki Ishlar Bosh Boshqarmasi jinoyat qidiruv boshqarmasi bo‘linma boshlig‘i, polkovnik Djengaziyev  Yusufjon Osmanovich “Voyaga yetmagan yoshlar orasida jinoyatchilik”, Toshkent  shahar Ichki Ishlar Bosh Boshqarmasi jinoyat qidiruv boshqarmasi iqtisodiy xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi katta tezkor vakili, podpolkovnik Xasanov Abdurahim Vaxabovich “Korrupsiya-milliy xavfsizlikka tahdid”, Mirobod tumani IIO  Faoliyatining muvofiqlashtirish boshqarmasi  huquqbuzarlik profilaktika bo‘limi boshlig‘i Sa’dullayev Mirzashohruh va Bo‘lim Inpektori  Nabirayeva Vinera “Jinoyatchilikning  oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzularida ma’ruzalar o‘qishdi.

Shuningdek tadbir OAVlarda ham yoritildi. Jumladan “Ma’naviyat va ma’rifat” kanalining “Yangiliklar” dasturi hamda institut veb-sayti orqali.

   

 Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova