Toshkent farmatsevtika institutida akademik litsey o’quvchilari uchun “Yosh kitobxonlar” tadbiri o’tkazildi.

24.11.2018, 16:22 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1981

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 17 sentabrdagi «Ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 736-son qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining joriy yil  21 sentabrdagi 799-son buyrug‘i bilan  tasdiqlangan  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim  vazirligi huzuridagi “Ma’naviyat va ma’rifat markazi” faoliyatini takomillashtirish hamda talaba va o‘quvchilarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari dasturi “Nazorat rejasi”ning 13-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida 2018 yil 23 noyabr kuni Toshkent farmatsevtika instituti tasarrufidagi akademik litsey talabalari uchun tadbir tashkillashtirildi.

Tadbirda Umumiy va noorganik kimyo kafedrasi katta o‘qituvchisi   R.Sh. Zaripova  hamda ARM  mudiri   F.N. Xolmuratova, kutubxonachi D.D. Abdullaeva  va Toshkent farmasevtika instituti tasarrufidagi akademik litsey 1-kurs 1/7  gurux talabalarining 26 nafari qatnashdi. Tadbir o‘quvchilarda kitobxonlik hamda mutolaa  madaniyatini shakllantirish orqali ularning ma’naviy dunyosini yuksaltirishga qaratilgan ishlarni tashkil etib borish maqsadida uyushtirildi. ARM  mudiri   F.N.Xolmuratova   litsey o‘quvchilarini institut Axborot-resursi  markazi bilan  tanishtirdi,  ularni  ARMga kelib  kitob fondlaridan foydalanishni taklif   qildi.  Umumiy va noorganik kimyo kafedrasi katta o‘qituvchisi R.Sh.Zaripova  o‘quvchilarga  mutolaaning  inson tafakkuriga  va dunyoqarashiga  foydali jihatlari haqida gapirdi.  Prezidentimizning kitob mutolaasiga  qaratayotgan e’tiborlari  va qabul qilinayotgan qarorlar  hususida ma’ruza qildi.

Tadbir so‘ngida   ARM kutubxonachisi  D.D.Abdullaeva  ARMda mavjud badiiy adabiyot  fondidagi  mumtoz  o‘zbek adabiyoti namoyondalarining  mashhur asarlari,  Rumiy, Farobiy, Umar Xayyom kabi mutafakkirlarimiz  o‘gitlari, aforizmlari  jam bo‘lgan qimmatli  kitoblaridan iqtiboslar keltirdi. Sharq va g‘arb yozuvchilarining  qo‘lma-qo‘l o‘qilayotgan  asarlari haqida ma’lumot berib, darsdan bo‘sh vaqtlarda  kelib  ARMga a’zo bo‘lgan holatda  kitoblarni olib o‘qishni taklif qildi. Tadbir litsey  o‘quvchilarida  yaxshi taasurot qoldirdi.

     

 

 

 

ARM mudiri    F.N. Xolmuratova