“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5326-son Farmoni, 2018-yil 7-fevraldagi «Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3514-son Qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, talaba-yoshlarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi va tabiiy boyliklari bilan tanishtirish, hamda ularda Vatanga sadoqat va milliy g‘urur tuyg‘usini shakllantirish maqsadida 2018-yil 22-23 noyabr kunlari «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» shiori ostida institutning bir guruh talabalari Toshkent shahri bo‘ylab sayohat uyushtirildi. Sayohat davomida institutning 1-kurs talabalri o‘zlarining guruh murabbiylari boshchiligida shahrimizda joylashgan turli inshoatlar, maydonlar va bunyoyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishtirildi. Sayohatga jami 60 nafar talabalar jalb etildi.
Institut matbuot kotibi
N.L.Usmanova