Toshkent farmatsevtika institutining dotsent va katta o‘qituvchilari “Yangiyo’l tumanidagi 55-sonli umumta’lim maktabi”ga  tashrifi.

22.11.2018, 14:25 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2041

2018 yil 21 noyabr kuni Toshkent farmatsevtika institutining Organik va bioligik kimyo kafedrasi dotsenti Po‘latova F.O., katta o‘qituvchilar Ko‘charova I.Sh., Chinibekova N., assistent Yakubova U.X. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 2018 yil 29 martdagi 3018-sonli buyrug‘ini xamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining 2018 yil 15 oktabrda yuborilgan 09-2520-sonli topshiriq xati ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumandagi 55-umumta’lim maktabiga tashrif buyurdilar. Tashrifda kafedra va maktab o‘rtasida hamkorlik ishlarning rejasi imzolandi va o‘quvchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda Ko‘charova I.Sh. “2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirish Harakatlar strategiyasi” mavzusida suhbat o‘tkazib, O‘zbekistonni rivojlantirish Harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yo‘nalishlari haqida ma’lumotlarni berdi. So‘ngra Po‘latova F.O. Toshkent farmasevtika instituti, uning fakultetlari va yo‘nalishlari to‘g‘risida ma’lumotlarni berib, o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdilar. Tadbirda 55-umumta’lim maktabning 4 nafar o‘qituvchilari va 40 nafar 9 sinf o‘quvchilari qatnashdilar.

     

 

 

Institut matbuot kotibi       N.L.Usmanova

Yoshlar bilan ishlash,ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim boshlig‘i    N.X.Ashurova