Toshkent farmasevtika institutiga O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’dievning  tashrifi.

21.11.2018, 16:55 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2231

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 12 oktabrdagi  87-02-2948-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida institut  professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida “Ustoz otangdek ulug‘”, “Yoshlar o‘rtasida o‘z kasbiga fidoyiligini shakllantirish” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Mazkur tadbir farmasevtik  kimyo kafedrasi hamda yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etildi. Tadbirda  O‘zbek Milliy Akademik drama teatri aktiyori, O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diev ishtirok etdi. Tadbirni institut rektori I.I.Alimdjanov kirish so‘zi bilan ochib berdi va O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’dievning ijodi haqida o‘zining samimiy fikrlarini bildirdi.

     

Shundan so‘ng  Yodgor Sa’diev mavzu yuzasidan qiziqarli ma’lumotlar berib o‘tdi hamda  talabalarga o‘zining  hayoti va ijodi xaqida gapirdi va farmasevtika sohasiga qiziqishi hattoki ushbu yo‘nalish bo‘yicha ijro etgan roli borligi xaqida ham ma’lumot berib o‘tdi.

     

Suhbat jarayonida talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildi va berilgan barcha savollarga tadbir ishtirokchisi ma’lumot berdi.

     

Qiziqarli savol javoblardan so‘ng mehmon tadbir qatnashchilariga o‘zlarining sevimli qo‘shiqlaridan ijro etdi.

      

Tadbir mehmoni O‘zbek Milliy Akademik drama teatri aktiyori, O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diev ishtirokida tashkil etilgan tadbir juda qiziqarli va maroqli o‘tdi.

Tadbir so‘ngida Yodgor Sa’dievga institut rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Tadbirda jami 200 dan ortiq talabalar ishtirok etdi.

  

 

 

Institut matbuot kotibi   N.L.Usmanova