O‘zbekistonda birinchi marta e’ng samarali faoliyat ko‘rsatayotgan olimlar taqdirlanadi.

21.11.2018, 15:47 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2111

Yurtimizda ilk marotaba  Scopus ilmiy-tahliliy ma’lumotlar bazasi versiyasi bo‘yicha eng samarali faoliyat ko‘rsatayotgan olimlar  taqdirlanadi.

Tantanali taqdirlash marosimi shu yilning 23 noyabr kuni Toshkentda QS, Times Higher Education kabi dunyoning yetakchi reyting agentliklari direktorlari, Elsevier kompaniyasi rahbarlari va  xorijlik mutaxassislar ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

Tadbir doirasida Birinchi ilmiy forum ham o‘tkazilib, unda maqola yozish, ilmiy jurnallarni indeksatsiyalash va xalqaro reytinglarga kirish metodologiyasini o‘rgatish bo‘yicha mahorat darslari o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, shu yilning 23 mart kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va  Elsevier ilmiy kompaniyasi o‘rtasida jahondagi barcha yetakchi reyting agentliklari tomonidan foydalanilayotgan «Fan 2020» milliy strategik kelishuv imzolangan.

Institut matbuot kotibi  N.L.Usmanova